Tojikiston hukumati tug'ilish sonini kamaytirmoqchi

0

Xabar.uz ma'lumotiga ko'ra, Tojikiston hukumati 2019-2022 yillarga mo'ljallangan reproduktiv salomatlik Davlat dasturini tasdiqladi. 

Oilani barqarorlashtirishni targ'ib qilish, xotin-qizlar salomatligini yaxshilash, jinsiy ahloq tarbiyasi va istalmagan homiladorlikning oldini olish Davlat dasturining asosiy maqsadi sifatida ko'rsatilgan. Tojikiston Sog'liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligiga tibbiyot muassasalarini kontratseptiv vositalar bilan ta'minlash, kontratsepsiyalarni yetkazib berish va ta'minlash boshqaruvini kuchaytirish, reproduktiv salomatlik masalasida aholi xabardorligini ta'minlash va bilimini oshirish topshirilgan.

Davlat dasturida ta'kidlanishicha, oilani rejalashtirish masalasida xukumat tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar o'zining ijobiy samarasini bermoqdi – har yili 100 mingtagacha istalmagan homiladorlik holatining oldi olinmoqdi. Reproduktiv salomatlik bo'yicha 2019-2022 yillarga mo'ljallangan Davlat dasturining hayotga tatbiq etilishi yaqin uch yilda 450 mingdan ortiq istalmagan homiladorlikning oldini olishga xizmat qiladi, deya xabar qilmoqda TR Sog'liqni saqlash vazirligi mutaxassislari.

O'tgan yilning kuzida Jahon banki Tojikistonga qashshoqlik darajasini pasaytirish maqsadida tug'ilishni cheklash borasida tavsiya bergan edi. JB mutaxassislari Tojikistondagi qashshoqlik, ishsizlik va mehnat migratsiyasining yuqori darajada ekanligiga sabab portlovchi demografik o'sish degan xulosaga kelgan edi.

Ayni damda Tojikistonda bir ayolga 3,36 ta bola to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz,  aholining konservativ guruhining vakillari kontratsepsiya vositalaridan foydalanish shariat qonunlariga zid ekaninini ta'kidlashmoqda.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here