Ukraina davlat tergov byurosiga kelgan sobiq prezident Poroshenkoni dushmanlari tuxumlar yomg'iri bilan qarshi oldi…

0

 

Nihoyat Ukraina sobiq prezidenti Petr Poroshenko 12 avgust kuni ertalab Davlat tergov byurosiga “Pryamoy” telekanali oldi-sotdisi doirasida qo'zg'atilgan jinoiy ish bo'yicha guvoh sifatida ko'rsatma berishga keldi. Byuro yoniga o'nlab dushmanlari, shu bilan birga tarafdorlari ham qo'llarida plakatlar bilan tashrif buyurdi. Poroshenkoning o'g'li Mixail va qizlari Yevgeniya, Aleksandralar ham do'stlari bilan birga otasini himoya etish niyatida yetib keldi. Oradan uch soat o'tgach, tergov jarayoni tugab, Poroshenko tashqariga chiqdi. Ana shunda dushmanlari uni tuxumlar yomg'iri bilan qarshi olishdi. Tuxumlar Poroshenkodan tashqari jurnalistlar, tarafdorlari va politsiya xodimlarini ham chetlab o'tmadi. Poroshenko umuman o'zini yo'qotgani yo'q. Jurnalistlar bilan qisqa suhbatdan so'ng jo'nab ketdi.

Eslatib o'tamiz, Ukraina davlat tergov byurosi sobiq prezident Petr Poroshenkoga qarshi 12 ta jinoiy ish qo'zg'atgan.

 

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here