Grenlandiyada 500 yoshli akula topildi. U hanuz faol hayot tarzini kechirmoqda…

0

 

Olimlar akulaning yoshini hajmidan kelib chiqib belgilashdi. Aytishlaricha, baliqsimonlar aslida yiliga bir santimetrga o'sadi. Bu akulaning uzunligi esa 5, 4 santimetrga teng.

— Bu sayyoramizdagi eng keksa akula hisoblanadi, — dedi olimlardan biri. — Keksaligiga qaramay, faol hayot tarzini kechirishi barchamizni hayratga soldi. Oshqozonidagi kiyiklar, otlar bo'laklarini ko'rgach, bunga to'liq amin bo'ldik…

Shu kabi akulalar Atlantik okeanda yashaydi. Ular o'rtacha 270 yil umr ko'radi. Sovuq iqlim ularning joni dili. Bu akulalarning eng yirigi 7-8 metr uzunlikka ega bo'ladi. Vazni esa 1, 5 tonnagacha yetadi. Grenlandiyadagi uzoq umr ko'ruvchi akulalar go'shti Islandiya milliy taomi hisoblanadi.

 

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here