Haj safari davomida uch nafar ziyoratchi vafot etdi

0

Makka shahrida qirg'izistonlik uch nafar ziyoratchi vafot etdi. Bu haqdagi ma'lumotni Qirg'iziston musulmonlari idorasi matbuot kotibi berdi.

Qirg'izistonliklar qarindoshlarining roziligi bilan Makkada dafn etilgan. O'lim sababi hozircha noma'lum. Diniy idora ma'lumotlariga ko'ra, hayotdan ko'z yumganlarning uch nafari ham 60 yoshdan oshgan.

Bundan oldin, Haj-2019 mavsumida xavfsizlik uchun 400 mingga yaqin harbiy jalb etilgani, hojilar soni esa rekord darajaga yetishi kutilayotgani xabar qilingandi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here