Shomurodov: ”Golimni «Paxtakor-79»ga bag'ishlayman”

0

Eldor Shomurodov Rossiya chempionati doirasidagi «Rostov» – «Krilya Sovetov» bahsida yagona gol muallifiga aylanib, maydon egalariga g'alaba olib kelgani haqida xabar bergandik. Bahsdan keyin Shomurodov mazkur golini «Paxtakor-79»ga bag'ishlagani haqida aytdi.

Hamma gollarim o'zimga yoqadi. Ayniqsa jamoam gollarim tufayli g'alaba qozonganida. Shunday ekan, «Krilya» darvozasiga urgan golim men uchun o'zgacha ahamiyatga ega. Hujum vaqtida Ionov yaxshi uzatma berdi, Bayramyan esa to'pni o'tkazib yubordi, u men tomon kelayotganini ko'rdim. Oyog'imni qo'yishga ulgurdim. Gol urish men uchun muhim va buning prinsipial ahamiyati mavjud. Hujumchiman, bu esa mening ishim. Golimni «Paxtakor-79»ga bag'ishlayman”, — deydi o'yindan so'ng Eldor.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here