Ukraina Prezidenti ruslarga yaxshilik qilmoqchi

0

Vladimir Zelenskiy hukumatga ruslarga Ukraina fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlashni buyurdi, deya xabar beradi. “RIA Novosti”ga tayanib qalampir.uz

Hujjatda «siyosiy e'tiqodi uchun ta'qib qilinganlar» haqida gap boradi. Farmonga ko'ra, soddalashtirilgan tartib «Ukrainaning milliy xavfsizligi va mudofaasini ta'minlashda» qatnashgan chet elliklar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ham qo'llaniladi.

2018 yil noyabr oyida Ukraina Rossiyadan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan erkaklar uchun kirishni chekladi. Moskva esa o'zaro cheklovlar qo'ymadi, aksincha ukrainaliklarga Rossiya fuqaroligini olishni osonlashtirdi.Dekabr oyida Prezident qonunga imzo qo'ydi, bu davlat rahbariga chet elliklarning qaysi toifalari soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olish huquqini belgilash huquqini beradi.

Aprel oyida DXR va LXR aholisi to'g'risida tegishli qaror kuchga kirdi. Bir necha kundan keyin birinchi tarqatish markazlari ochildi.Ukraina g'azabiga javoban Rossiya hukumati bu masala faqat gumanitar xarakterga ega ekanini ta'kidladi.

Keyinchalik, Donesk va Lugansk viloyatlarining aholisi, nafaqat Ukraina hokimiyatiga bo'ysunmaydigan hududlar Rossiya fuqaroligini olish huquqini oldi.Ukraina Prezidentining idorasida bu xabar g'azab bilan qarshi olindi.