Atambayevning o'g'li: «Otam bizga siyosatga aralashishni taqiqlardi…»

0

 

Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning o'g'li Qodir Atambayev «Novыe litsa» nashriga bergan intervyusida otasi yashagan uyga qilingan hujumlar haqida gapirib berdi.

7-8 avgust kunlari Qirg'iziston maxsus xizmat tashkiloti xodimlari bir kecha-kunduz sobiq prezident Almazbek Atambayev rezidensiyasiga qurolli hujumlar uyushtirgan. Bunga qadar sobiq prezidentni uch karra tergovga chaqirishdi. Ammo Atambayev tergovga bormadi. Sobiq prezident dahlsizlik maqomiga ega. Bu maqom unga tergovga bormaslik imkonini berishi haqida aytib turib olgan.

7-8 avgustda men onam bilan birga Issiko'lda dam olayotgandim, — deydi Qodir Atambayev. — Rezidensiyaga hujum qilishgani haqida internetda o'qib qoldim. Bu biz uchun birinchi hodisa emas. 2010 yili ham shunday harakatlar bo'lgan. Ammo biz bardoshli odamlarmiz. Otam shunga o'rgatgan. Aniq bilaman, bu hukumat tarafidan puxta rejalashtirilgan operatsiya. Ular maksimal darajada qurbonlar bo'lishiga erishish va keyin hammasini otamning bo'yniga ilishni mo'ljallashgandi. Niyatlariga yetishdi. Majburan otamni tergovga olib ketish uchun ular ertalab soat 05: 00 da kelishlari kerak edi. Lekin soat kechki 08: 00 da kelishdi. Rezidensiyada bu mahal odam ko'p edi. Otam roppa-rosa yarim soatga hovliga chiqqan. Hovlida ayollar va bolalar ko'p edi. Barchalari otam bilan suhbatlashish niyatida kelishgandi. Xuddi shu payt maxsus xizmat tashkilotidagilar hujum boshlashgan. Hujumga o'tish uchun ular markaziy darvozani tanlashdi. Qochishga tutingan odamlar shu sababli maxsus xizmat tashkiloti askarlari bilan to'qnashishdi. Tasavvur qiling, siz shu qishloqda yashaysiz. Xotiningiz va bolalaringiz Atambayevni ko'rishga borishini aytishgan. Xuddi o'sha payt hujum uyushtirilganidan xabar topasiz. Albatta, siz ham oilangizni himoya qilish uchun o'sha yoqqa chopasiz. Qolaversa, hujumga o'tgan maxsus xizmat tashkiloti xodimlari 20 kishidan ko'p emasdi. Bu aynan hujumlarga ixtisoslashgan otryad. Keyinchalik esa milliy xavfsizlik xizmatidagilar oradan ikki kun o'tgach, 40 tadan ko'proq qurol yo'qotilgani haqida xabar berishdi. Qurollar soni hujumga o'tganlardan ikki barobar ko'pchilikni tashkil etdi. Otam bizga faqat o'zi quroldan o'q uzganini aytgandi. Lekin men ishonmayman. U hech kimga qarata quroldan o'q uzmagan. Chunki men uyga kirib borganimda, ikkinchi, uchinchi qavatlarni tekshirib ko'rdim. U yerda qon izi ko'zga tashlanmadi. Vaholanki, maxsus xizmat tashkiloti askari xuddi shu atrofda ko'krak qismidan yaralangan. Demak, o'sha joylarda qon izi qolishi kerak edi. Bundan tashqari, qum to'latilgan qoplar ham butun qolgan. Agar o'q uzilsa, ular darz ketishi lozim edi. Men otamning o'q uzganiga sira ishonmayman. Maxsus xizmat tashkiloti xodimining o'limida otam emas, hukumatning o'zi aybdor. Endi siyosat masalasiga to'xtalsak. Men Aydarchik (Akayev), Maksim (Bakiyev) lar kabi vatandan qochishga o'rganmaganman. Otam bizga siyosatga aralishishni taqiqlab kelgan. Biz unga so'z berganmiz. Otajon, kechiring, biz va'damizda tura olmadik. Negaki, sizni yolg'izlatib qo'ysak, xudoyam kechirmaydi. Biz siyosatga aralashishga, sizni himoya qilishga majburmiz.

zakon. kz

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here