«MENI TAShLAB KETMANG, OYIJON!..»

0

 

Afsuski, oyijonning ko'ngli qattiq ekan. Baribir tashlab ketdi…

Aniqrog'i, Rossiyaning Krasnodar o'lkasida bir ayol jajji qizalog'ini kafe ichkarisida qoldirgan-u, chiqib ketgan. Qizaloqning kissasiga esa 4 yoshda ekani, yangi ota-ona topib berishlari, «Malyutka» bolalar bog'chasiga bermasliklari so'ralgan qog'ozchani solib qo'yishni ham unutmagan. Bir so'z bilan aytganda, ayol 4 yashar jajji qizalog'idan shu yo'l bilan qutulgan.

Krasnodar o'lkasidagi tergov qo'mitasi saytida yozishlaricha, 12 avgust kuni kafedagi xodimlardan biri qo'ng'iroq qilib, qizaloq kompyuter o'yinlari xonasida ancha vaqtdan beri o'tirgani, onasi tashlab qochgani haqida ma'lumot bergan.

Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari bag'ritosh onaning kimligini aniqlashdi. U Adigey respublikasida yashovchi 35 yoshli ayol ekan.

Hozirgi paytda qizaloq shifoxonaga yotqizilgan. Bag'ritosh ona qidirilmoqda.

Astag'firillo!!!