Tojikistonda fohishalarga nisbatan jarima miqdori oshirildi…

0

 

Tojikistondagi ma'muriy qoidabuzarlik majmuasining 130 moddasiga asosan fohishalik bilan shug'ullanuvchi ayollarga nisbatan jarima miqdori oshirib qo'yildi. Bundan buyon qo'lga tushgan fohisha 1100 dan 1650 somonigacha miqdorda jarima to'laydi. Agar ikkinchi marta qo'lga tushsa, jarima miqdori 1650 dan 2750 somonigachani tashkil etadi yoki fohisha 15 kecha-kunduzga qamab qo'yiladi.

Bunga qadar fohishalarga nisbatan jarimalar miqdori 550 dan 1100 somonigachani tashkil etgan.

Tojikistonda ham fohishalik jinoyat hisoblanmaydi. Ularga nisbatan faqat ma'muriy jazo qo'llanadi.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko'ra, 2018 yilning o'zida huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari 6 ming nafar fohishani ro'yxatga olgan. Ularning 32 nafari hali voyaga yetmaganlar hisoblanadi. 1, 5 ming nafar fohisha 18dan 30 yoshgacha, qolganlarining yoshi esa 30 dan oshib ketgan.

Achinarlisi, o'tgan yili Birlashgan millatlar tashkilotining shu masala bilan shug'ullanuvchi qo'mitasi a'zolari Tojikiston hukumatiga fohishalarga nisbatan qo'llanadigan jazolar bekor qilinishini tayinlagandi.

 

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here