Ukraina sobiq prezidentining o'g'li sharmanda bo'ldi… U jurnalistlarning savollariga rus tilida javob berdi…

0

 

Ukraina sobiq prezidenti Petr Poroshenkoning o'g'li Mixail otasi soliqdan qochganligi masalasida tergov byurosiga chaqirilgan kuni yaqinlari bilan otasini qo'llab-quvvatlash uchun kelgandi. Atrofdagilar u rus tilida gapirayotganini sezib qolishdi. Oldiniga yonidagilar, keyinchalik jurnalistlar bilan ham rus tilida gapira boshladi. Bu ishi uchun qolganlar uni masxaralay boshlashdi. Lekin Mixail o'zini yo'qotmadi. Jahli ham chiqqani yo'q.

— Mening tevaragimdagi yaqin insonlar asosan rus tilida gaplashishadi, — dedi u. — Shu sababli men ham shu tilda gapirishga odatlanganman. To'g'ri, men asosan ukrain tilida gapirishim kerak. Buni bilaman. Ammo ruscha gapirish odat bo'lib qolgan-da.

Jurnalistlarning ruscha gapirishiga otasining munosabati haqida so'rashganda, u shunday javob qildi.

— Uyda otam rus tilida gapirganim uchun menga bosim o'tkazmaydi. Faqat ba'zida ko'proq ona tilimda gapirishni maslahat beradi.

 

 

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here