O'zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi xodimi nega tadbirkorni haqoratladi?.. (VIDEO)

0

 

Shu masaladagi videorolik allaqachon internet saytlariga tarqatib bo'lingan. Unda vazirlar mahkamasi xodimi yordam so'rab kelgan tadbirkorni kurakda turmas so'zlar bilan haqorat qilgani aks etgan. Ko'rinib turibdiki, tadbirkor undan haqiqatni talab qilmoqda. Vazirlar mahkamasi xodimi esa o'ta qo'rslik bilan unga javob qaytarmoqda. Oqibatda tadbirkor tegishli tashkilotga arz qilishini aytib ogohlantirdi. Xodim yana qo'rslik bilan xohlagan yeriga borib arz qilaverishini aytdi-yu, dimog'dorlarcha ichkariga yo'l oldi.

Ma'lumot berishlaricha, bu qadar qo'pol muomalasi uchun vazirlar mahkamasi xodimi ishdan haydalgan.

upl.uz

 

Diqqat! Videoda so'kinish bor. Vazirlar maxkamasinig "Tilidan bol tomadigan" xodimi. Xaqni talab qilganlarga "Terpila" dib, "xoxlagan joyingga bor" deyish uchun yo prezidentni bir tiyinga olmaydigan odam bo'lishi kerak, yeki o'ta nodon. Xar ikki xolatda xam bunaqa "borzыy"lar bilan mustaxkam va adolatli jamiyat qurib bo'lmaydi.

Opublikovano Javohir Akhmedov Pyatnitsa, 16 avgusta 2019 g.