Harom luqma

0

​​Qadim zamonda Abdusalom degan bir halol inson o'tgan ekan. Uning yakkayu-yagona farzandi bo'lib, u bolasini juda yaxshi ko'rar, yeru-ko'kka ishonmas ekan. Kunlar, yillar o'tib bola katta paxlavon yigit bo'libdi. Bir kuni u otasiga maslahat solibdi:

– Ey, ota! Endi nima kasb qilay?

Otasi:

– Ey, o'g'lim. “Bo'ynidan bog'langan it ovga yaramas”, degan gap bor. Endi sen bir hunar yoki kasbni o'zing tanla va shunga mehr qo'y”.

Shunda o'g'li:

– Eng yaxshi kasb – o'g'rilik bo'lsa kerak, – debdi.

Otasi shunda :

– Mayli o'g'lim, o'g'rilik bo'lsa o'g'rilik-da. Qo'shnimizning qo'yini o'g'irlab ko'rchi, – debdi.

O'g'li qo'shni xonadondagi bitta katta qo'chqorni o'g'irlab olib kelibdi.

Otasi xursand bo'libdi va:

– O'g'lim, zo'r ish qilding. Endi ikkimiz bir xafta uydan chiqmay, shu qo'yni mazza qilib yeymiz,- debdi. Xullas,  bir xafta mazza qilib maishat qilishibdi. Qo'yni yeb bo'lgach, o'zlarini tarozida tortishibdi.

O'g'il bir xaftada uch kiloga ozibdi. Ota esa to'rt kilo semiribdi. O'g'il xayron bo'lib otasiga boqibdi.

Ota kulib :

– Ey, nodon o'g'il! Bilib qo'y, sen o'g'irlagan qo'yning pulini men bir kun oldin qo'shniga berib qo'yganman. Shuning uchun men xotirjam semirdim. Ko'rdingmi, xarom luqmada halovat yo'q, yeganing o'zingga yuqmaydi, sen o'zingga halol kasb tanla. Shunda u dunyoying xam, bu dunyoying xam obod bo'ladi, – debdi.