Mahallalararo «Charm to'p» musobaqasidagi nohaqlik yuzasidan Ravshan Ermatovga murojaat yo'llandi (+video)

0

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorlikda mahallalararo «Charm to'p-2019» musobaqasini tashkil etmoqda.

Kecha, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida musobaqaning to'rtinchi bosqich hal qiluvchi o'yini, ya'ni, Respublika bosqichiga chiqish uchun Nurafshon shahrining «Bobur» MFY hamda «Shodlik» mahalla jamoalari o'zaro to'qnash keldi. O'yinda «Bobur» a'zolari yirik 5:1 hisobida zafar quchib, Respublik bosqichiga yo'l olishdi.

Biroq, «Shodlik» jamoasi vakilining qayd etishicha, raqib tarkibida bitta mahalladan emas, turli mahallardan yig'ilgan O'zbekiston quyi chempionatlarida o'ynovchi futbolchilar harakat qilgan. Shu bois, ushbu tomon mazkur nohaqlik yuzasidan O'FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga murojaat qildi.