“O'zagrosug'urta” keksalarga sovg'a ulashdi

0

“O'zagrosug'urta“ aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisi S. Otamuratov Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida xayriya tadbiri o'tkazdi.

Ushbu tadbir doirasida Ohangaron shahridagi “Sahovat” internat uyida yashayotgan keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslarga dori-darmon va boshqa ehtiyojlar uchun zarur homiylik yordami ko'rsatildi.

Eng muhimi, aksiyadorlik jamiyati vakillari bu tadbirni shunchaki, rasmiyatchilik uchun emas, balki samimiy niyatda, astoydil kelganliklarini keyingi harakatlari bilan isbotlashdi. Ya'ni S. Otamuratov internat uyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Sovg'alar topshirish va kuy-qo'shiqlar yangragan tadbirda ishtirok eta olmagan, nogironligi bo'lgan qariyalarning xonalariga kirib, eng avvalo ular bilan samimiy suhbatlashdi va sovg'a-salomlarni o'z egalariga yetkazdi.

“O'zagrosug'urta” aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, kelgusida ham qariyalar, mehribonlik uylari hamda nogironligi bor shaxslarga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatish ishlari an'anaviy davom etadi.