Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ishdan olindi

0

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o'qituvchi mavqeyini oshirish yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi o'tkazilmoqda va yig'ilish davomida davlat rahbari Yesemurat Kanyazov ishdan olinganini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Yesemurat Kanyazov 2005-2011 yillarda – Adliya vaziri o'rinbosari, 2011 yilning iyunidan Adliya vazirining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlagan, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlangach vazir o'rinbosari lavozimidan ketgandi. Ammo u 2017 yilning aprelida yana Adliya vaziri o'rinbosari lavozimini egallagandi.