Eldor Shomurodov navbatdagi uchrashuvda gol urib, «Rostov»ning irodali g'alabasiga katta hissa qo'shdi! (+video)

0

Rossiya chempionatining 7-turida «Rostov» o'z maydonida «Rubin»ni qabul qilib, durang o'ynadi. Uchrashuvda hisob mehmonlar hujumchi Yevgeniy Markov tomonidan ochildi. Birinchi taymning o'rtalarida esa rostovliklar forvardi Eldor Shomurodov gol urib, oradagi farqni tikladi.

O'yin tugashiga bir necha vaqt qolganida esa maydon egalari a'zosi Aleksandr Saplinov raqib darvozasini ishg'ol etib, o'yinga nuqta qo'ydi.

Aytish joizki, Shomurodov bugun o'zining chempionatdagi 5-golini urishga erishdi. Musobaqaning to'purarlari ro'yxatida esa u hisobida 6ta gol bo'lgan Alexander Sobolevdan (Krilya Sovetov) so'ng, ikkinchi pog'onada bormoqda.

«Rostov» – «Rubin» 2:1 (1:1, 1:0)

«Rostov-Arena» o'yingohi.

Gollar: 0:1 – 15 Markov, 1:1 – 29 Shomurodov, 2:1 – 87 Saplinov.

«Rostov» – Baburin, Chernov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Yeremenko, Saplinov, Glebov (Zuyev, 76), Ionov (Logashov, 90), Normann, Shomurodov.

«Rubin» – Dyupin, Pliyev, Danchenko, Sorokin, Stepanov, Bashkirov, Podberezkin (Kvarasxeliya, 44), Konovalov, Davitashvili, Mikeltadze (Makarov, 89), Markov.

Ogohlantirish: Shomurodov (90).