Toshkent markazida 300 nafar aholi yashaydigan uy odamlar roziligisiz buzilishi mumkin

0

Toshkent shahri Amir Temur shoh ko'chasida joylashgan 45 sonli uyda yashovchi 300 nafar kishi uysiz qolishlariga bir bahya qoldi.

Gap shundaki 2018 yilning yanvar oyida Toshkent sobiq hokimi Raxmonbek Usmonov aholi roziligisiz ushbu ko'p xonadonli uyni buzib, uning o'rniga 7 qavatli yer osti parkovkasi bor bino qurish haqidagi buyruqni imzolaydi. Ustiga ustak Mirobod tuman hokimi ham ushbu uyda yashovchi odamlarni ogohlantirmasdan uy turgan joyni qurilish kompaniyasi ixtiyoriga topshiradi.

45 uyda yashovchilar ushbu holatdan norozi bo'lib bir necha davlat muassasalariga murojaat qilishganda, ularning hech biri shahar va tuman ma'muriyatining ushbu qarorini izohlab bera olmaydi.

Ayni damda ushbu muammo bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi shug'ullanmoqda.

sputniknews-uz.com

 

loading...