Jarrohning jiddiy xatosi tufayli angliyalik ayol ichki a'zolarini qo'lida tutgancha «Tez yordam»ni kutishga majbur bo'ldi…

0

 

 

Angliyada yashovchi Mel Bremner (Mel Bremner) ismli ayol jarrohlik amaliyoti yordamida farzandini dunyoga keltirgandi. Oradan besh kun o'tgach, uyiga ruxsat berishdi. Ayol vanna qabul qilish ilinjida vannaxonaga kirdi va shampunni olish uchun pastga engashdi. Shu tobda kutilmagan hodisa yuz berdi. Jarrohlik amaliyotidan so'ng tikilgan joyi ochilib, oshqozoni va yana boshqa ichki a'zolari kaftiga tushdi. Ayol bunday bo'lishini yetti uxlab tushida ko'rmagandi. Hayqirgan ko'yi erini chorladi. Eri avaylabgina Bremnerni divanga o'tqazdi. Qo'lidagi ichki a'zolarni sochiq bilan asta yopib «Tez yordam»ga xabar qildi…

Oradan ikki kun o'tgach, Bremner uyiga ketishga ruxsat oldi. Mutaxassislarning gapiga qaraganda, jarroh kesilgan yerni sifatsiz va kalta ip yordamida tikkan. Shuning uchun tikilgan yer ochilib ketgan.

 

loading...