Qirg'izistonda noma'lum kimsalar nasroniylar qabristonini vayronaga aylantirdi…

0

Bosqin Qirg'izistonning Issiqko'l viloyatiga qarashli Ananyevo qishlog'idagi nasroniylar qabristonida sodir etildi. Noma'lum kimsalar qabristonga kirib 100 taga yaqin qabr ustidagi krest va qabrtoshlarni yo'q qilgan. Mahalliy aholi esa darhol huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlariga xabar qilishdi.

Qirg'iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abulg'oziyev mahalliy hokimiyat vakillariga qabrtosh va krestlarni qayta tiklash, bosqinchilarni qidirib topib jazolash vazifasini yukladi.

2017 yil avgustida Rossiyaning Nijegorod viloyati Lыskovo shahrida bir necha uchinchi sinf o'quvchilari qabristonga kirib 50 taga yaqin qabrtoshlarga ziyon yetkazgandi. Politsiyachilar buning sababini so'rashganda, o'quvchilar qabrtoshlar qanday qulashini tekshirib ko'rmoqchi bo'lganlarini aytishgan.

 

 

loading...