TO'G'RI YO'LGA QAYTGAN ARISTON… (yoxud qasamxo'rlik yaxshilikka olib kelmaydi)

0

 

Singapurda ko'pchilik ishonib-ishonmaydigan voqea sodir bo'ldi. Qamalib chiqib, yuk tashuvchi bo'lib ishlayotgan 23 yoshli Jeyk Tan ismli sobiq ariston o'z brigadasi bilan mijozlardan biriga eski uydan yangi uyga ko'chib o'tishda ko'maklashayotgandi. U qamoqdan chiqqach, shunday brigada tashkil qilgan. Brigada a'zolari o'zlari mijoz topib, ularning yuklarini bir joydan ikkinchi joyga eltib berish hisobiga kun ko'radi.

Xullas, Jeyk eski uydagi buyumlarning barchasi tashib bo'lingach, negadir ikkinchi qavatni yana bir bor ko'zdan o'tkazishni ma'qul ko'rdi. Xonalarni nazardan o'tkazayotganda, bir burchakda qisilgancha yotgan qora paketga ko'zi tushdi. Paket ichida nimadir bor edi. Qo'liga olib ko'rsa, pul ekan. Sanab boqdi. Naqd 50 ming Singapur dollari. Jeyk bu pullarni hech kimga indamasdan kissasiga solsa ham birov bilmasdi. Ammo turmadagi hayotdan keyin halol yashashga qasam ichgan ekan. Qasamni buzishni xohlamadi.

Pullarni tiyin-tiyinigacha egasiga topshirdi.

 

 

loading...