Yaponiyada dunyoning eng keksa kishisi vafot etdi…

0

 

Dunyoning eng keksa kishisi hisoblangan yaponiyalik Masadzo Nonaka shu yil 20 yanvar kuni erta tongda 113 yoshida vafot etdi.

Nonaka 1905 yil 25 iyul kuni Yaponiya shimolida joylashgan Xokkaydo oroliga qarashli Asyoro posyolkasida tavallud topgan. Uni 2018 yil aprelida dunyoning eng keksa kishisi sifatida tan olishgan. Aytishlaricha, u yashaydigan joydan u qadar olis bo'lmagan manzilda yetti nafar uka va singillari yasharkan. Nonaka allaqachon pensiyaga chiqqan. Umrini atayin qisqartirish maqsadida televizorni haddan ziyod ko'p tomosha qilgan, gazeta, kitob o'qigan, shirinliklarga ruju qo'ygan. Nonakagacha dunyoning eng keksa kishisi sifatida Ispaniyaning Byenvenida qishlog'ilik Fransisko Nunyes Oliveyra hisoblanib, 2018 yil 29 yanvarida 113 yoshida vafot etgan.

 

loading...