«Everton» «PSJ»ning rejasini barbod qildi

0

«Everton» klubi «PSJ»ning transfer rejasi amalga oshishiga yo'l qo'ymadi.

Sky Sports xabariga ko'ra, «iriskalar» parijliklarning yarimhimoyachi Idrissa Guye bo'yicha bergan 40 million yevrolik taklifini rad qilishdi. 29 yoshli senegallik 2019 yil yoziga qadar «Everton»ni tark etmaydigan bo'ldi.

Joriy mavsumda Guye «PSJ» tarkibida 21ta o'yinda maydonga tushgan.

Guye transferi barbod bo'lgach, endi «PSJ» e'tiborini «Zenit» yarimhimoyachisi Leandro Paredesga qaratadi.
tribuna.uz

loading...