Amerikaning Luiziana shtatida ommaviy otishmalar tufayli 5 kishi halok bo'ldi…

0

 

Shu haqda shtat politsiyasidagilar rasman xabar tarqatgan. Ammo qotillikda gumon qilinayotgan kimsa hozircha ozodlikda. Uni qidirishmoqda.

Boshqa bir ma'lumotda aytiladiki, ommaviy otishmalarni 21 yoshli Dakot Terio amalga oshirgan. U ikkita diniy tashkilotda odamlarni o'qqa tutgan. Oqibatda besh kishi halok bo'lgan.

Agar ertalab soat taxminan to'qqizlarda politsiyachilar uch kishining murdasini topishgan bo'lsa, soat kunduzgi 14:00 da yana ikki kishining jasadiga ro'baro' bo'lishdi. Ularning barchasi o'qotar quroldan jiddiy jarohat olish natijasida vafot etgani aniqlangan. Oxirgi topilganlar er-xotin bo'lib, erkak 50 yoshli Keyt Terio, ayol 50 yoshli Elizabet Terio aslida qotilning ota-onasi ekan. Qotil ikkovlarini ham yotog'idalik paytida otib o'ldirgan.

 

loading...