Saudiya Arabistonida 15 yoshga yetmaganlarning turmush qurishi taqiqlab qo'yiladi…

0

 

Yaqinda Saudiya Arabistoni konsultativ kengashi (Majlis ash-Sho'ro) hukumat rahbariyatiga murojaat etib, 15 yoshga yetmaganlarga turmush qurish taqiqlab qo'yilishini talab qildi. Bunga ko'ra, qizmi, o'g'ilmi, 15 yoshdan keyingina nikohdan o'tish huquqiga ega bo'lishi lozim.

Kengash a'zolari mamlakatda ko'plab oilalarning farzandini hali go'daklik nuqsi ketmay turib nikohlashi, ya'ni, uylantirishi, turmushga berishi sog'lom turmush tarzi yo'qolib borishiga asosiy sabablardan biri ekanini ta'kidlashdi. Yana shuni alohida qo'shib qo'yishdiki, 15 yoshga yetmagan qiz, o'g'il nikohda bo'lish uchun hali umuman tayyor emas. Ular ro'zg'or, oila, vafo, sadoqat, mas'uliyat neligini anglab yetmaydi. Shunday ekan, yoshlar 15 yoshdan keyingina nikoh masalasiga e'tibor qaratishsa foydadan xoli bo'lmaydi.

 

loading...