OLIMLAR NAVBATDAGI QIYoMAT KUNINI 1 FEVRALGA KO'ChIRIShIBDI…

0

 

Hozirgi kunda yana Nibiru sayyorasining Yerga yaqinlashib kelayotgani haqida ko'plab maqolalar, xabarlar paydo bo'la boshladi. Yevropa hamda Amerika olimlari esa navbatdagi qiyomat kuni 2019 yil 1 fevralida bo'lishini barala aytishmoqda. Shubhasiz, bunga o'sha kuni Nibiruning Yer bilan to'qnashuvi sabab qilib ko'rsatilyapti. Ammo Barnaul planetariysi katta ilmiy xodimasi Natalya Nenaxovaning bu mavzuda o'z fikrlari mavjud.

— Odamlar yangi yil boshlangandan beri negadir mistikaga, kasofatlarga o'ch bo'lib qolishdi, — dedi olima. — Shuning atrofida Nibiruni ham tinch qo'yishmayapti. Oddiy odamlarni tushunsa bo'ladi. Biroq mutaxassislar-chi? Nima foyda topishadi xalqni vahimaga solib?..

Siyosatchi va faylasuf Vladislav Vakayev ham bu haqdagi shaxsiy mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

— Fikrimcha, — dedi olim. — Qiyomat kunini belgilash, bashorat qilish va siyosat o'rtasida qandaydir bog'liqlik bor. Amerika olimlari dunyo ahlini vahimaga solish yo'li bilan siyosiy va moliyaviy barqarorlikka erishishni mo'ljallab qo'yganlari ehtimoldan xoli emas…

Men esa olimlardan farqli o'laroq masalaga sal boshqacharoq jihatdan yondashishni ma'qul ko'raman. Birinchidan, Qiyomat kuni qachon bo'lishini yolg'iz Olloh biladi. Siz olim bo'lasizmi, tengsiz bashoratchimisiz, nafaqat 1 fevral, 1 soatdan keyin nima yuz berishini to'g'ri topib ko'ring-chi! Topa olmaysiz. Nega? Sababi, buni ham Yaratgan egam biladi xolos.

Ikkinchidan, dunyoning turli burchaklarida ko'zga tashlanib qoladigan, olimlar tarafidan o'zga sayyoraliklar kemasi yoki Nibiru sayyorasi va hokazolarga yo'yilayotgan jismlarga Amerika Qo'shma Shtatlari mualliflik qilishini bilasizmi? Bilmasangiz, arxivlar bilan qiziqib, «51-zona» deb nomlangan seriyali ma'lumotlarga nazar tashlang. Amerika xuddi shu hududda o'zining tovoqsimon, disksimon va boshqa ko'rinishdagi uchar dronlarini ishlab chiqaradi. Buni ko'pchilik bilmasligiga sabab shuki, hudud o'ta maxfiy. 51-zonaga vallomati ham yaqinlasha olmaydi. Ichkarida manaman degan kuchli salohiyatga ega mutaxassislar ter to'kadi. Ana sizga o'zga sayyoraliklar-u, Nibiru. Xulosa sifatida shuni aytamanki, dunyoning gegemon davlatlari dunyo ahlini qo'rqitish, vahimaga solish orqali moddiy manfaat ko'radi. Siyosiy maydondagi o'rnini mustahkamlaydi. Shunday ekan, biz qo'rqmasligimiz kerak. Hammasi xudoyimning karomati bilan bog'liq. To'g'ri yashagan, gunohlardan nari bo'lishga uringan, Ollohdan shafqat so'ragan, halol umr ko'rgan bandalarini Yaratgan egam hech qachon kasofatlar qurboniga aylantirmaydi inshoolloh!

Astag'firillo!!!

Olimjon HAYIT tayyorladi