Buyuk Britaniya masjidlari (foto)

0

Dunyoning hech bir mamlakatida Buyuk Britaniyadagi turli shaklu shamoyildagi masjidlar mavjud bo'lmasa kerak. Bu mamalakatda oz sonli ibodat qiluvchilar uchun qurilgan kichik msjidlardan tortib ulkan binoli masjidlarni ko'rish mumkin. So'nggi olib borilgan aholini ro'yxatga olish natijlariga ko'ra, Buyuk Britaniyada 3 milliondan ortiqroq musulmonlar yashaydi. Ularning asosiy qismi Angliya va Uelsda istiqomat qilsa, qolganlari Shotlandiya va Irlandiyaga tarqalib ketgan. Bugungi kunda Buyuk Britaniyada 1500 ta masjid va 1000 dan ortiq islomiy tashkilotlar faoliyat olib boradi. Sizning hukmingizga havola etiladigan masjidlar kolletsiyasi me'mor Shohid Salim tomonidan yozilgan “Britaniya masjidlari” nomli kitobidan tanlab berilmoqda. Bu kitobda eng qadimiy masjidlardan tortib zamonaviy dizayndagi masjdilar ham joy olgan. Marhamat tomosha qiling va zavq oling.

Aziziya masjidi

1913 yilda London sharqidagi Xakin shahrida qurilgan bu masjid 70 yil davomida kinoteatr sifatida faoliyat olib borgan. 1983 yili Turk islomiy uyushmasi tasarrufiga o'tganidan so'ng, masjidga aylantiriladi va hozirda 2000 nafar namozxon bemalol ibodat qilishi mumkin. Masjid qoshida halol go'sht do'koni, nikoh o'qish xonasi va kafe joy olgan.

Shoh Jahon masjidi

Surra grafligidagi Uoking shahrida joylashgan Shoh Jahon masjidi musulmonlar uchun qurilgan eng birinchi masjidlardan hisoblanadi. Uning qurlishi 1889 yili nihoyasiga yetgan. Masjid 600 ta kishiga mo'ljallangan bo'lib, uning qoshida ham kattalar, ham bolalar uchun diniy ta'lim berish yo'lga qo'yilgan.

Hamkol (Ghamkol) markaziy masjidi

Birmingem shahrida joylashgan bu ulkan masjid 1996 yili o'z faoliyatini boshlagan. Masjid qurilishi 1992 yili 15 mart kuni Ramazon oyida  boshlanib, 4 yilda qurib bitkazilgan. Masjidda birdaniga 6000 kishi bemalol namoz o'qishi mumkin.

Didsberi masjidi

Buyuk Britaniyadagi ko'plab masjidlar oldin cherkov bo'lgan. Manchester shahrida joylashgan Didsberi masjidi ham 1883 yili qurilgan chekrov bo'lgan. 1962 yili cherkov faoliyatini to'xtatgach, keyinroq masjidga aylantirilgan. Masjid 1000 kishiga mo'ljallangan.

Glazgo markaziy masjidi

Gorlabs shahrida joylashgan Glazgo masjidi 1983 yilda Muhammad Tufail Shahin degan tijoratchining katta yordami bilan barpo etilgan. Masjid rasman 1984 yili Butunjahon musulmonlar ligasi Bosh kotibi Abdulloh Umar Nassif tomonidan ochilgan. Masjidning ich tomonlari an'anaviy arabcha usulga muvofiq ravishda bezatilgan.

Edinburg markaziy masjidi

Ednburg universiteti va Shotland milliy muzeyidan uncha uzoq bo'lgan Potterro shaharchasida joylashgan. Masjid va  islom markazi bir joyda joylashgan. Masjid 1000 kishiga mo'ljallangan.

Fayzan va Madina masjidi

Piterborodagi Millfilde shahrida joylashgan ushbu kattagina masjid 3000 kishiga mo'ljallangan. Masjidda Qur'oni karim va diniy ta'lim berish kurslari faoliyat olib boradi.

Baytul Futuh masjidi 

Surra garfligidagi Mordene shahirida bundan 15 yil oldin barpo etilgan ushbu masjid G'arbiy Yevropadagi eng katta masjid hisoblanadi. Masjid 6000 kishiga mo'ljallangan.

Islom.uz

loading...