Telefondan foydalanmaysizmi? Sizga mehmonxona nomeri tekinga beriladi!

0

Shvetsiyaning Gyoteborg shaharchasidagi “Bellora” mehmonxonasi rahbariyati nomerlaridan birini telefondan umuman foydalanmaydigan mijozga tekinga ijaraga berishini ma'lum qildi. Boshqa xonalarda istiqomat qiluvchilar ham ijtimoiy tarmoqlarda qancha ko'p sayr qilsalar, shuncha ko'p ijara puli to'laydilar. Mijozlar faolligini aniqlash juda oson. Mehmonxona tomonidan har bir xonaga “aqlli lampa”lar o'rnatilgan. Ular qachon gadjet ishlatilayotganini aniqlasa, o'zidan qizil nur tarqatib, xabar beradi.

Xullas, oteldagi barcha nomerlar narxi xonani ijaraga olgan shaxsning «Facebook», «Snapchat», «Twitter», «Instagram» kabi tarmoqlarga qanchalik mukkasidan ketganiga bog'liq. Bunday chora ko'rilishiga sabab, mehmonxona rahbariyati o'z mijozlarining asosan real hayot bilan ko'proq muloqot qilishi tarafdori.

“Hotel Designs” nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, 2018 yilda dunyo miqyosida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni 3,166 milliardga yetgan. Bu esa, o'tgan yilga qaraganda 13 foizga ko'p, degani.

loading...