Jinoyatchi yana qamoqqa tushish uchun bankni o'mardi

0

AQShning Viskonsin shtatidagi Miluoki shahrida g'aroyib jinoyat sodir etildi. 68 yoshli Uilyam Gallaxer kuppa-kunduz kuni hech qanday niqob taqmagan holda bankka bostirib kirdi. Niyati bosqinchilik ekanligini oshkora e'lon qilgan qariya bank xizmatchilaridan biriga politsiyani chaqirishni so'radi va kursida o'tirgancha qonun himoyachilari yetib kelishini hotirjamlik bilan kuta boshladi…
Politsiya yetib kelib, hibsga olayotganda esa Uilyam Gallaxer mamnuniyat bilan qo'llarini kishan taqish uchun o'zi tutib berdi (!) Hayolingizdan “Shunaqayam bo'lar ekanmi?”, – degan savol o'tgan bo'lishi tayin. Eshitgan quloqqa qanchalik hayratlanarli tuyulmasin, bu haqiqat..
Asl haqiqat esa sud zalida ma'lum bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu g'aroyib bosqinchi sodir etgan og'ir jinoyati uchun 20 yil umrini panjara ortida o'tkazib, bundan 6 oy muqaddam ozodlikka chiqqan ekan. Erkinlikda o'tgan vaqt davomida u normal hayot tarziga moslasha olmagan va uzoq o'ylab, o'zi ko'nikkan sharoitga qaytish eng to'g'ri qaror degan xulosaga keldi.
Sudyaning jinoyat sodir etishdan maqsad shunchalik jo'n va aniq bo'lgani holda nima uchun uzoq yo'l bosib aynan Miluoki shahridagi bankni “o'marishga” qaror qilganligi to'g'risida bergan savoliga Uilyam Gallaxerning javobini eshitgan sud majlisi ishtirokchilari beixtiyor kulgidan o'zlarini tiya olmadilar.
– “Bir vaqtlar men mamlakatdagi deyarli barcha qamoqxonalarda o'tirib chiqqan 72 yoshli qariya bilan bitta kamerada turganman. U bir kuni Miluoki shahridagi qamoqxonada mahbuslarning ovqatlanish sharoiti eng yaxshi ekanligini aytgandi.”

loading...