Qirollik toji chiqindilar orasidan topildi

0

O'tgan yilning 31 iyul kuni Shvetsiya qirollik oilasiga tegishli tarixiy va qimmatbaho buyumlarning o'g'irlanishi xalqaro miqyosda katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan edi. Poytaxt Stokgolmdan uncha uzoq bo'lmagan Strengnesdagi qasrdan o'marib ketilgan buyumlar orasida qirollik toji va XVII asrga taalluqli nihoyatda noyob yodgorliklar ham bor edi. Qasr oynasini sindirib kirgan o'g'rilar politsiya ta'qibidan avval velosipedlarda, so'ngra esa Stokgolm g'arbidan oqib o'tuvchi daryo orqali motorli qayiqda qochib ketishga muvaffaq bo'lgandi.
Shundan buyon o'tgan oylar davomida olib borilayotgan keng miqyosdagi tergov harakatlariga qaramasdan, jinoyatchilarni qo'lga olishning imkoni bo'lmadi. Ammo kutilmaganda…5 fevral seshaba kuni.
Qirollik oilasining yodgorliklari Stokgolm yaqinidagi shaharchada chiqindilar yig'iladigan idishda qoldirib ketilgan holda topildi.
Hozirda ekspertlar ular o'g'irlangan buyumlarning aynan o'zi ekanligini aniqlash bo'yicha ish boshlagan.
Shvetsiya politsiyasi esa hamon ushbu olamshumul jinoyatning ijrochilarini izlamoqda.

loading...