Dunyoning eng uzun futbolchisi Angliyada o'ynamoqda

0

Angliyaning 6-divizioni vakili «Dalvich Hemlet» klubi darvozabon Simon Yorgensen bilan shartnoma imzoladi.

Ayni paytda 26 yoshli daniyalik dunyoning eng uzun futbolchisi hisoblanadi. Uning bo'yi 210 santimetrga teng.

Yorgensen «Kopengagen» klubi tarbiyalanuvchisidir. U 2010-2017 yillar davomida turli jamoalarda o'ynagan. Keyin Angliyaning «Akkrington Stenli» klubiga o'tgan. O'tgan mavsumda u yarimprofessional «Uaythouk» klubi sharafini himoya qilgan edi.

 

tribuna.uz