Germaniyada saraton shishining qadimiy turi aniqlandi…

0

 

Berlinda bir guruh arxeologlar qazish ishlari davomida yoshi 240 million yilga teng bo'lgan toshbaqa jasadini topishgandi. Jasadni o'rganish jarayonida toshbaqa hayot paytida qadimiy saraton xastaligi turi bilan og'rigani ma'lum bo'ldi. Saraton shishi toshbaqaning son qismida bo'lgan. Xarakteristikasi bo'yicha hozirgi osteosarkoma bilan deyarli bir xil. Saraton shishining bunday turi asosan suyaklarning ustki qismida paydo bo'larkan. Paydo bo'lgach, u juda qisqa fursatda rivojlanib, bemorni halok etadi.

2016 yili Janubiy Afrikadagi Vitvatersrand universiteti olimlari 1, 7 million yil avvalgi tovon suyaklarini topishgan. Xuddi shu suyaklar ustki qismida qadimiy saraton shishi mavjud bo'lgani aniqlandi. Shundan so'ng olimlar saraton xastaligining paydo bo'lish tarixi aslida qadim-qadimlarga borib taqaladi degan to'xtamga kelishgan.

 

loading...