Hindistonda bir ko'zli echki bolasi dunyoga keldi…

0

 

Shu yilning 7 fevralida Hindistonning Bixar shtatiga qarashli Samastipur okrugidagi qishloqlardan birida bir ko'zli echki bolasi dunyoga keldi.

Echkining egasi, fermer Muhammad Ozodning gapiga ko'ra, hozirgi kunda butun qishloq ahli qayta-qayta kelib bir ko'zli echkini tomosha qilmoqda. Kimdir echkiga qarab o'zicha duolar o'qimoqda, unga sig'inmoqda, yoshlar esa selfi qilishga tushib ketgan.

Mutaxassislar bu holat qadimiy yunonlar afsonasidagi qahramonlardan biriga berilgan nom ekanni aytishdi. Qadimiy afsonalarda o'sha qahramonni «siklop» deb atashgan ekan.

O'tgan yil fevralida Malayziyada ham shundlay bir ko'zli echki tug'ilgan. Echki bolasining og'zi kichik bo'lgani sababli egalari unga trubacha yordamida ovqat berishgan.