Hindistonlik 13 yoshli bolakay kam uchraydigan xastalik tufayli go'yo qo'rqinchli mahluq qiyofasiga kirib qoldi…

0

 

U Lalit Patidar bo'lib, tibbiyotda nihoyatda kam uchraydigan xastalikka chalingan. Buning oqibatida yuz qismi to'liq yung bilan qoplangan.

Mutaxassislarning aytishicha, bu xastalik tibbiyotda gipertrixoz deb ataladi. Xastalikka chalingan odam tanasining asosiy qismi qalin yung bilan qoplanadi. Xastalik bemorning jinsi qandayligiga qarab o'tirmaydi. Patidarning faqat yuz qismi shunday qalin yung bilan qoplangan.

Aytishlariga ko'ra, bolakayni tez-tez ko'chadagilar haydab solishadi, toshbo'ron qilishadi, masxaralashadi. Lekin Patidar bunday kamsitishlarga o'rganib ham ketgan. U ulg'aygach, politsiyachi bo'lmoqchi. Shunda barcha o'g'ri va qotillarni turmaga qamarkan.

— Men halol politsiyachi bo'lib, ota-onamni parvarish qilishni, boqishni, ularga mehr-muhabbat ko'rsatib yashashni istayman. — deydi bolakay. — Jinoyatchilik urchib borishiga sira yo'l qo'ymayman…

Xuddi shu xastalik bilan og'rigan taylandlik Supatra Susufan ismli 17 yoshli yana bir bemor qiz yaqinda turmushga chiqibdi. Uni 2010 yili dunyoning eng yungdor odami sifatida e'tirof etib, Ginnes rekordlar kitobiga kiritishgan.

 

loading...