Qozog'istonda pichoqlab o'ldirilgan o'zbekistonlik ayol jasadi topildi…

0

 

Qotillik jinoyati O'tirovdagi musulmonlar qabristoni yonida, «Juldыz-2» mikrorayoni hududida sodir etilgan. Qotil o'zbekistonlik ayolning ko'krak qafasi qismiga ko'plab tig' jarohatlari yetkazgan, keyin esa murdani qopga solib qabriston yoniga tashlab ketgan.

Ayolning yoshi taxminan 25-30 da, bo'yi 160-165 sm atrofida, sochlari to'q jigarrang, yelkasigacha tushgan. Egnida ko'k rangli kofta bo'lgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, qotillikda gumon qilingan kimsa politsiyachilar tarafidan qo'lga olingan. Surishtiruv, tergovoldi amallari boshlangan.

 

loading...