Toshkent shahridagi kollejlarning birida kaltaklangan qiz ishi bo'yicha surishtiruv ishlari boshlandi…

0

 

Shu yilning 8 fevralida Toshkent shahar Mirobod tuman ichki ishlar bo'limiga kasalxona vrachi murojaat etib, 18 yoshli kollej o'quvchisi E'zoza R. kaltaklanish oqibatida turli tan jarohatlari bilan olib kelinganini ma'lum qildi. Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, E'zozani kursdoshi Oygul K. hamda uning opasi Shahlo K. lar kaltaklashgan ekan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari ushbu fakt yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borishmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi belgilangan.