Toshkent IIBB 31 kishi SSSR pasporti bilan yashab yurganini aniqladi

0

 

Toshkent IIBB xodimlari o'tgan yilning noyabr oyidan shu kunga qadar shaharda 2036 kishining  biometrik pasporti yo'qligi, ulardan 31 nafari esa SSSR pasporti bilan yurganini aniqladi.

Bir oilaning sobiq SSSR pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirib berish haqidagi murojaati tekshiruv o'tkazish uchun sabab bo'ldi. IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga tegishli tekshiruv o'tkazish haqida ko'rsatma beriladi.

Xabarda qayd etilishicha, 1760 fuqaroga, shu jumladan, 14 nafar SSSR pasporti bilan yurgan shaxslarga yangi pasport qilib berilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda 2019 yil 1 yanvar sanasidan fuqarolarga xorijga chiqishga ruxsat beradigan stiker bekor qilinib, xorijga chiqish biometrik pasporti joriy qilindi. Yangi hujjatni olish uchun fuqarolar yashash manzili bo'yicha IIV organlariga murojaat etishlari, anketa-arizani to'ldirishlari, fotosurat, pasport nusxasi va voenkomatdan ma'lumotnoma (harbiy xizmat majburiy bo'lgan shaxslar uchun) topshirishlari kerak bo'ladi. Davlat boji – eng kam ish haqining 150%ni tashkil qiladi. Hujjat 10 kun o'tgach tayyor bo'ladi. Voyaga yetmaganlar yangi pasport bilan 5 yilgacha, 16 yoshdan kattalar – 10 yil muddatgacha chegarani kesib o'tishlari mumkin.

 

sputnik.uz

 

loading...