OGOH BO'LING! TOShKENTDA FIRIBGARLAR!!!

0

 

Toshkent shahri va viloyatida o'ziga xos firibgarlar paydo bo'lgan. Ular xonadonlar eshiklarini taqillatib, uy egalariga o'zlarini elektromontaj tashkiloti xodimlari sifatida tanishtirishmoqda. Hatto, qandaydir qizil rangli guvohnomani ham namoyish etishmoqda. Aytishmoqdaki, ular mas'uliyati cheklangan elektromontaj firmasi xodimlari va agar kishi boshiga 12 ming so'mdan bersangiz, bir yil davomida ularning montyorlari elektr masalasida paydo bo'lgan muammolarni tekinga hal etib berishadi.

Firibgarlar nafaqat shaharda, balki viloyatdagi tumanlarda ham izg'ib yurishibdi. Masalan, men ushbu xabarni tayyorlagan muallif sifatida shaxsan ular bilan to'qnash kelganman. Mening kvartiramga ham o'sha firibgarlar tashrif buyurishgan. Ammo menda ortiqcha pul qayoqda deysiz. Qolaversa, men har doim to'lovlarni faqat banklardagina amalga oshiraman. Ogoh bo'ling, firibgar, haromdan hazar qilmaydigan marazlarga chuv tushib qolishdan saqlaning!

Darvoqe, firibgarlarning boshqa bir guruhi ham bor. Ular o'zlarini sizga tabiiy ofatlardan aholini asrab qoluvchi kompaniya xodimlari sifatida tanishtirishadi. Quloq tutib tursangiz, bir zumda sizdan kishi boshiga 18 ming so'mdan pul so'rashga tushishadi. Evaziga tabiiy ofatlar yuzaga kelgan payt siz va oilangiz a'zolarini balodan qutqarib qolisharmish. Qanday qilib? Tabiiy ofat birinchi bo'lib o'sha haromxo'rlarning o'zini halok etsa-chi? U holda siz pulingizga kuyib qolaverasizmi?..

 

loading...