Qiziriq tumanidagi millionlarni o'zlashtirib olgan firibgar…

0

 

I.Boyturayev muqaddam bir necha marotaba firibgarlik jinoyatini sodir etgan. Shunga qaramay 2018 yil fevral oyida Qiziriq tumani hududida N.Qulturayev bilan tanishib qolib, unga AQShda yashovchi “Rafael” ismli shaxs orqali Qiziriq tumanida “Tekstil fabrikasi, mevani quritish hamda qayta ishlash korxonasi”ni ochib, birga tadbirkorlik faoliyatini yuritishni aytadi.  2018 yil mart-iyun oylari oralig'ida N.Qulturayevga AQShda yashovchi “Rafael” ismli shaxsning Shveysariya davlatidagi bankdagi hisob raqamidan 100.000.000 AQSh dollaridan jami 44.616.360 so'mni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritadi. 100.000.000 AQSh dollarini o'tkazmasdan, olgan 44.616.360 so'mni o'zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari 2018 yil 10 may kuni E.Ibragimovning ishonchiga kiradi va undan 8.000.000 so'mni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritib, shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Sud, mazkur jinoyat ishini ko'rib chiqib, I.Boyturayev ish bo'yicha yetkazilgan zararni qoplaganligini inobatga olib, unga O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan JKning 57, 60-62-moddalariga asosan ish haqining 20 % davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 3 yil 5 kun axloq tuzatish ishlari va eng kam oylik ish haqining to'qson to'qqiz baravari – 17.051.760 so'm jarima jazosi tayinladi.

Jinoyat ishlari bo'yicha
Surxondaryo viloyat sudining sudyasi
T.Bekpulatov

loading...