Hindiston qiruvchi samolyotlari Pokiston hududida aviazarbalarni amalga oshirdi…

0

 

Shu haqda Hindiston qishloq xo'jalik vaziri Gajendra Singx Shaxovat rasman ma'lum qildi. Vazirning gapiga ko'ra, Hindiston qiruvchi samolyotlari tinch aholi vakillari emas, balki Pokiston va Hindiston chegarasi yaqiniga joylashib olgan «Joyish-e-Muhammad» jangari kallakesarlar guruhini bombardimon qilgan. Shuning natijasida terrorchilar bazasi to'liq yo'q qilindi.

Hujumlarda «Dassault Mirage 2000» rusumli qiruvchi samolyotlarning 12 tasi ishtirok etdi. Hujumlar uyushtirilgan manzilga terrorchilar Kashmirdan kelib o'rnashib olgandi.

Pokiston vakillari xabar qilishicha, Hindiston qiruvchi samolyotlarining hujumlari natijasida bu mamlakat infrastrukturasiga ziyon yetmagan, tinch aholi vakillaridan hech kim halok bo'lmagan, jarohatlar olmagan. Qolaversa, Hindiston samolyotlari terrorchilar ob'yektiga yaqinlashgach, birdan pastlagan-u, bombalar yomg'irini yog'dirgan va xuddi shunday tezlikda ko'zdan g'oyib bo'la borgan.