G'aroyib hodisalar izidan: “HAYoT DAVOM ETADI”

0

 

Bu voqea 1994 yili bo'lib o'tgandi. Men o'shanda zavodning mexanika sexida ishlardim. Bir kuni direktor oldiga chaqirib qoldi. Sex boshlig'ini poezd urib ketganmish. Aytishicha, tanasi bo'lak-bo'lak bo'lib ketibdi. Menga sexni boshqarishni topshirdi…

Shu ko'yi oradan bir hafta o'tdi. Qish edi. Bir kuni qor juda qalin yog'di. Ertalab ishchilar shuning dastidan ishga kechikishdi. Men esa, erta tongdayoq sexni aylanib yurardim. Bir mahal yuzimga sovuq shamol urilgandek bo'ldi.

“Bironta oyna ochiq qolgan shekilli.” — deb o'yladim va derazalar tomon yurdim. Shu payt o'zimdan 15-20 metrlar naridagi manzaraga ko'zim tushdi-yu…

Bu dahshat edi. Nega deganda, ro'paramda poezd tagida qolib o'lgan sex boshlig'imiz orqa o'girib turardi. Boshida kepka, qo'llari cho'ntagida. Uni kuzata boshladim. Boshliq stanoklarni oralab nariroqqa o'tdi-da, birdan g'oyib bo'ldi.

Boshim g'uvilladi. Nima qilishni bilmay boshim qotdi…

Ertasiga ham majlisga uni ko'rib qolarman degan niyatda kirdim. Afsuski, boshliq ko'rinmadi.

O'shandan beri har gal stanoklarni oralab yurganimda tez-tez ortimga qarab qo'yaman. Yo'q, boshqa ko'rmadim boshliqni. Faqat bir narsani tushunib yetdim.

Hayot hech qachon tugamas ekan.

A.N. NIKONOV

Ruschadan Olimjon HAYIT tarjimasi

 

loading...