O'zga sayyoraliklar o'zlari haqida xabar jo'natishdi!

0

Berkli Universiteti olimlari Tabbi yulduzlar turkumidan notanish signallar qabul qilib olishdi. Olimlar fikricha, bu to'lqinlar Quyosh tizimidan tashqarida ham Yerga o'xshagan yuqori taraqqiy etgan sivilizatsiya borligining isboti.

Tabbi yulduz turkumini astronomlar 2015 yilda aniqlashgan edi. Olimlar o'shanda bu kosmik jismning haddan tashqari yorqinligiga e'tibor qaratishgan edi. Bu holatni astronomlar haligacha izohlab bera olishgani yo'q.

Shundan so'ng olimlar mazkur yulduz turkumini chuqurroq o'rganishga ahd qilishdi. Natijada undan 58 ta noma'lum to'lqin qabul qilishgan.