“Xafa bo'lish yo'q” ko'rsatuvi ijodkorlariga murojaat: “Boladan foydalanish shartmidi?!”

5

Abror Baxtiyarovichsiz ishini davom ettirayotgan «Xafa bo'lish yo'q» ko'rsatuvi ijodkorlari hazil qilish chegarasini unutib qo'ygan, ko'rinishadi. Bu safargi ko'rsatuvda ular Muzaffarbek Mirzabekovni qiyin ahvolga solib qo'yishdi. Qiyin ahvolga solish, bu hali yumshoq qilib aytganda! Sal qolsa, infarktga chalinishi mumkin edi.

Ko'rsatuv ijodkorlari Muzaffarbekning farzandi qatnaydigan bog'cha tarbiyachisi bilan til biriktirib, bolasi yo'qolganiga sal qolsa ishontirayozishdi. Bundan bechora ota qay ahvolga tushganini tasavvur qilish qiyin emas. Shunaqa ham hazil bo'ladimi? Ko'rsatuv ijodkorlariga hazil qilish uchun boshqa mavzu qurib qolganmidi! Ular ssenariy tuzayotganda uning oqibatlari haqida chuqurroq o'ylab ko'rishlari lozim. Aks holda bir kun emas, bir kun ko'rsatuv yopilib ketishi aniq.

loading...

5 FIKRLAR

  1. Xazillar judayam ko'pol, insonlarni urishtirib ustidan kulish kerak emas. Bu ko'rsatuvning bizga umuman keragi yo'k, tugatish kerak.

  2. Xafa bo’lish yoq kursatuvi ijodkorlarga iltimos oxirgi vaqtlarda rosa inson asab sistemasiga, nafsoniyatiga,yuragiga ta’sir etish darajasigacha etib bormoqda. sizning qaltis hazilingiz inson umriga zavol etkazishini siz bilan shunday hazil qilishganda qanday harakat qilardingiz hech uylab kurdilaringizmi.

  3. Haqiqatdan ham xazillari bir xil paytlari chegaradan chiqib ketadi. Shu ko'rsatuvni boshlivchisi ham o'zlarining xazillariga chidolmay shu ko'rsatudagi boshlovchilikni tashladi. Odamlarga qanday ozor yetishini tushundi. Har bir narsani, xazilni o'z joyi, o'z vasqti bo'ladi.

Comments are closed.