8 MART. BAYRAM HAZILI…

0

 

 

***

 

— Ayol dugonasidan so'radi:

— Ering 8 martga nima sovg'a qildi?

— Zirak, baldoq. Senga-chi?

— Kvartiraning kalitini.

— O', zo'r-ku! Qachon ko'chasan yangi kvartiraga endi?

— Bilmadim. Hozircha kvartiraning kalitini sovg'a qildi xolos. Kvartiraning o'zini hali sotib olgani yo'q.

 

* * *

 

Bolalar bog'chasida 8 mart bayrami munosabati bilan stol tuzashdi. Shirinliklar, ichimliklar bisyor. Hamma bolalar xursand. Faqat bir bolakay nuqul yig'lardi. Tarbiyachisi undan so'radi:

— Bolajonim, nega yig'layapsan? Tinchlikmi?

Bolakay battarroq yig'lab javob qildi:

— Qorbobo kelmadi-ku!..

 

* * *

 

Evreydan xotini so'radi:

— 8 mart bayramini kim o'ylab topgan ekan-a?

— Klara Setkin bilan Roza Lyuksemburg.

— Ularga 8 mart bayrami nega kerak bo'ldiykin o'zi?

— Adashmasam, ular gulfurush bo'lishsa kerak.

 

* * *

 

Xotin eriga dedi:

— Azizim, bugun 8 mart bayrami. Unutmadingizmi?

— Nima?.. Yana-ya???

 

* * *

 

8 mart kuni er xotiniga guldasta tutqazib dedi:

— Jonim, sen mana shu gullar kabi go'zal va ajoyibsan!

— Men oltin zanjir kabi go'zal va ajoyib bo'lsam kerak deb o'ylovdim.

— Yo'q, sen mana shu gullar kabi go'zal va ajoyibsan.

 

* * *

 

Er xotiniga baqirdi:

— Menga qara, o'ynashlaringni opkelishga opkelibsan uyga! Ular ketgandan keyin yig'ishtirib qo'ygin-da hammayoqni! Mana, manavi bo'yinbog' qaysi o'ynashingniki-a?

— Nima? Qanaqa o'ynash? Bu bo'yinbog'ni o'zingizga 23 fevralda sovg'a qildim-ku!.. Undan ko'ra, siz ayting, manavi lab bo'yog'i kimniki-a?

— Vey, haddingdan oshma! Bu lab bo'yog'ini senga 8 mart kuni sovg'a qilganman!

 

* * *

 

Evrey yaqin do'stining qizidan so'radi:

— Sara, dadang senga 8 mart bayramida nima sovg'a qildi?

— Dadam men va oyimga 200 dollardan pul sovg'a qildi.

— O', qoyil! Xo'sh, o'sha pullarni nimaga ishlatdilaring?

— Ishlatmadik. Uyda «qora kun uchun» degan qutichamiz bor. O'shanga solib qo'ydik.

— Qoyil! Ofarin! Aytgancha, dadang dollarlarni qaerdan olibdi o'zi?

— «Qora kun uchun» degan qutidan.

 

* * *

 

Er 8 mart kuni uyiga kelib, qo'lidagi ajoyib guldastani xotiniga tutqazib dedi:

— Xotinjon, 8 mart bayrami bilan seni chin dildan qutlayman! Mana bu guldasta senga!

— Rahmat, azizim, rahmat!

— Mana bu pullaringning qaytimi! Ularniyam olib qo'y!

 

* * *

 

Evrey ayoli 8 mart kuni ertalab eriga dedi:

— Izya, bugun menga guldasta sovg'a qilmay turasan!

— Nega, xotinjon?

— Bayramdan keyin sovg'a qilarsan. Bayramdan keyin gullarning narxi pastlab ketadi.

 

* * *

 

8 mart kuni erkak astoydil idish-tovoq yuvayotgan xotiniga dedi:

— Jonim, axir, bugun bayraming! Miriqib dam ol! Qolganini ertaga yuvib qo'yarsan!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

 

 

loading...