Shafqatsizlikning o'ta dahshatli misoli: Masjidga qilingan hujum 17 daqiqa jonli translyatsiya qilingan! (+Video)

0

Stuff portali xabar berishicha Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern Kraystcherch shahridagi ikki masjidga qilingan hujum oqibatida aynan nechi nafar inson o'lganini aytmagan bo'lsa-da «ko'plab qurbonlar» borligini tasdiqlagan

Ma'lumotlarga qaraganda masjidga hujum qilganlardan biri avstraliyalik 28 yoshli Brenton Tarrantdir.

Eng daxshatlisi Tarrant masjidga  qilgan hujumni ijtimoiy tarmoqlarda 17 daqiqa davomida jonli translyatsiya qilgan.

Shu o'rinda savol tug'iladi, insoniyat shu qadar ifloslik darajasiga ko'tarilib bo'ldimi? O'z qilayotgan jirkanchli ishini ochiqchasiga e'lon qilish, bundan mag'rurlanish, Allohning uyiga hujum qilib bu ishni “haq yo'l” deya talab qilish aql noqisligidan boshqa narsa emas!

Nashrdan qo'shimcha qilinishicha, Tarrant ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an va Angela Merkelni o'ldirishga chaqirgan!

 

 

Mohigul DIYoRXO'JAYEVA