She'r: «Uyingizda bir “mujik“ yo'qmi? Men mebelsiz xotin olaman!»

0

Orsizlikmi? yoki pastkashlik,
Hodisotga hayron qolaman,
Sizda qanday fikr bilmam, lek,
Men mebelsiz xotin olaman.

Emish epli kelinlar sepli,
Maqolinga o't tushsin, xo'pmi?
Uyingizda bir “mujik“ yo'qmi?
Men mebelsiz xotin olaman.

Erkaklari bo'lsa zardali,
Ayollari bo'lar pardali,
O'zbekka or, bu – urf sharmandali,
Men mebelsiz xotin olaman.

Qilgan emish orzu-havaslar,
O'g'lin sotib qo'ygan nokaslar,
Bo'ldi qiling, ey molparastlar,
Men mebelsiz xotin olaman.

Italyancha mebeldan ko'ra,
Kel zax yerda yotaylik , jo'ra,
Kuyov salom qilgim yo'q sira,
Men mebelsiz xotin olaman…

Mebel olish ko'rsang gar lozim,
Shimni tez yech, kiyib ol lozim,
Senga emas she'rim, ovozim,
Men mebelsiz xotin olaman.

“Tureskiy sarpo qimapti“,
Debdi “Erkak“ va to'y to'xtapti,
Kuyovchak bu ishing bo'mapti,
Men mebelsiz xotin olaman.

Qiz o'stirib va tarbiyalab,
Uzatsinmi senga boj to'lab?
Insof bergin har kimga, yo Rab,
Men mebelsiz xotin olaman.

Bir umr it bo'lgandan ko'ra,
Bir oy itdek ishlayman, jo'ra,
O'zing sotib olsang, “kayp“ biram,
Men mebelsiz xotin olaman .

Uyni ko'rki parda, gilammas,
Yoki qimmat mebel bilanmas,
Xotin oling iymon bilan bas,
Men mebelsiz xotin olaman.

Donolardan oldim o'gitni,
Manglayiga bersin yigitni,
Narsaparast yigit yigitmi?
Men mebelsiz xotin olaman.

“Povut“ berib qo'ysang xotinga,
Bir kun kelib solsa betinga,
Yumshoq mebel botar “ketinga“,
Men mebelsiz xotin olaman.

Qaynota, bir duoni qiling,
Qizingizni sepsiz olaman,
Sarposiga iymonin bering,
Mebeliga vijdonin bering,
Men mebelsiz xotin olaman.

Tingla, do'stim, mendagi ohni,
Bu “urf“larni yulib otaylik,
Ummatimiz Rasulullohni,
Kel, mebelsiz xotin olaylik.

She'rni o'qib qolsang, ertaga,
Ko'rmaslikka olma jo'rtaga,
Duxing yetsa aytchi hammaga,
MEN qo'y emas, qo'chqor bolaman,
VA MEBELSIZ XOTIN OLAMAN.

Men #challenjni boshladim mana,
Ho'sh? bo'ydoqlar davom eting qani?
Qaytaramiz ushbu jumlani:
Men tovuqmas , xo'roz bolaman,
VA MEBELSIZ XOTIN OLAMAN.

Bahodir Iskandarov

loading...