O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 20 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun eski qadrdonlar va tanishlar bilan uchrashib suhbatlashishingiz tavsiya etiladi. Shuning natijasida anchadan beri o'ylab yurgan rejalaringiz amalga oshishi mumkin. Buning uchun yangi xabarlar zarur bo'ladi. Xabarlarni esa xuddi o'sha qadrdonlaringiz va tanishlar yetkaza oladi. Bugun safarga chiqish, tadbirkorlar uchun kelishuvlar hamda foydali shartnomalarni imzolash muvaffaqiyatli kechadi. Asosiysi, yorqin tanaffuslarga tayyor tursangiz bas.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

20 mart kuni shaxsiy prinsiplaringiz asabingizga tega boshlaydi. Vaholanki, ulardan qachonlardir unumli foydalangandingiz. Endi hayotga va boshqa narsalarga ham yangicha nazar bilan boqish payti yetdi. Shaxsiy hayotni yanada yaxshilash uchun faylasufona xayollar yordam bera olmaydi. Bu masalada o'zgalar aralashuvisiz mustaqil harakatlar sodir etishingiz lozim. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To'g'ri ovqatlaning.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Kunning birinchi yarmida yangi tanishuvlar orqali ruhiy jihatdan yo'lingizga ko'ndalang bo'ladigan to'siqlarni yengib o'tasiz. Tushkunliklar, vahima-yu, xavotirlar izsiz g'oyib bo'ladi. Hayotning barcha jabhalarida o'zingizni juda yaxshi his eta boshlaysiz. Ayniqsa, shaxsiy hayotingiz hashamatlarga burkanishi kutiladi. Oilasizlar romantikaga oshno bo'ladi. Hali hech kimga ayta olmagan ezgu niyatlari haqiqatga aylanadi inshoolloh.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

20 martda negadir atrofdagilar sizning tashrifingizdan qo'rqa boshlashadi. Negaligini o'zlari ham bilishmaydi. Lekin qo'rqishda davom etishadi. Hoynahoy, ular halol odamlar bo'lishmasa kerak. Chunki aybi bor odamgina tashqi ko'rinishi va ruhiy holati bir xil, halol yashaydiganlar tashrifidan qo'rqadi. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish uchun real harakatlar talab qilinadi. Yirik xaridlar, ko'ngilochar tadbirlarda ishtirok etishdan voz keching.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun kuningiz mustaqil harakatlar, erkin so'zlashlardan iborat bo'ladi. Kun davomida siz suhbat qiladiganlarning sanog'i bo'lmasligi mumkin. Shunga yarasha kechga borib juda ko'pchilikning diqqat markazidan joy olasiz. Professional kasbingiz bilan bog'liq ish yuzasidan paydo bo'ladigan muammolarni juda og'ir vaziyatlarda bartaraf etishingizga to'g'ri keladi. Lekin omad sizga kulib boqadi. Kechqurun plastik kartochkangizga pul tushishi mumkin.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

20 martda ish joyingizda hatto arzimas e'tibordan ham ilhomlanishingiz, to'lqinlanishingiz kuzatiladi. Pul masalasida xaridlarga nisbatan ishtahangizni sal bo'g'ishingiz talab qilinadi. Juda zarur bo'lsa, boshqa kunga qoldiring. Pul bo'lsa, xaridlar sizdan qochib qutula olmaydi. Surunkali xastalikka chalingan bo'lsangiz, salomatligingiz haqida qattiqroq qayg'uring. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o'tkazing.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Anchadan beri tinch va erkin yashashga, harakatlanishga xalal berayotgan ayrim to'siqlarni juda osonlik bilan yengib o'tishga muyassar bo'lasiz. Baxt deb atalmish tuyg'uni yo'rig'ingizga sola bilasiz. Moddiy ahvolingizni yaxshilash masalasida ham omad siz tomonda bo'ladi. Ammo bu haqda hech kimga gullay ko'rmang, ko'z tegadi. Salomatlik xususida esa qon tomirlaringiz hamda siydik yo'llarida jiddiy muammo tug'ilish ehtimoli bor. Tez vrachga uchrashishingiz kerak.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

20 mart kuni oilalilar farzandlar tarbiyasi bilan qattiqroq shug'ullanish jarayonida sezilarli natijalarga erishishadi. Atrofdagilar bilan o'zaro munosabatlarda tilingizga ehtiyot bo'ling. Moddiy ahvolingizga kelsak, katta pulga ega chiqmaysiz. Shunga yarasha kissangiz pulsiz ham qolmaydi. Kechqurun og'ir hazm bo'luvchi taomlar iste'mol qilmang.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kuningiz faollikda boshlanadi va bu holat kechga qadar saqlanib qoladi. Faollik natijasida ishingizda ham boshqa kunlardagiga nisbatan ko'proq unum bo'ladi. Oila qurishga ulgurmaganlar hayotida bugun tub burilish yuzaga kelishi mumkin. Moliyaviy masalada muammolar ko'zga tashlanmaydi. Biroq mo'may daromaddan ham umid qilmang. Oladigan pullaringiz tirikchilik uchun yetarli bo'ladi, asabiylashmang.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)

 

20 martda barcha ishlarni yig'ishtirib qo'yib oila davrasida dam olishingiz mumkin. Bu kunni anchadan beri kutgansiz, to'g'ri emasmi? Demak, barchasi yaxshilikka. Oila qurmagan do'stlarimizning ayrimlariga kechki payt kimdir romantika bilan bog'liq bir taklif kiritadi. Taklifni albatta qabul qiling. Bu sizning baxtingiz bo'lib chiqishi haqiqatga yaqin, ishoning. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Sport mashg'ulotlarini boshqa kunga qoldiring.

 

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)

 

Ish joyingizdagi obro'yingizni yanada yaxshilash harakatida bo'lsangiz, ziyon qilmasdi. Chamasi hamkasblardan kimdir sizni tuhmatga qo'yishni reja qilgan ko'rinadi. Agar ish rahbarlargacha yetib borsa, past ketmang, o'zingizni oqlashga urinmang. Mardona turing. Bugun mehnat ta'tiliga chiqish, do'stlar bilan qo'ng'iroqlashish va tabiat qo'ynida dam olish xayrli kechadi. Omadingizni bersin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

20 mart kuni birinchi navbatda salomatligingiz va o'zingiz haqingizda qayg'uring. Ana undan keyin asosiy ishga o'ting. Kuch va imkoniyatlarni asrang. Ular yaqin orada muhim ishlarni ado etish uchun asqotishi mumkin. Agar surunkali xastalikka yo'liqqan bo'lsangiz, sog'lig'ingizni ehtiyot qiling. Profilaktikani boshqa kunga qoldirmang. Sport bilan albatta shug'ullaning. O'zingizni ehtiyot qiling.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

loading...