Tojikistonlik erkak yosh xotinining boshini tanasidan judo qildi. Nega?.. (Yuragi zaiflar o'qimasin)

0

 

Tojikiston shimolida joylashgan Devashtich tumanidagi «Qal'ai Do'st» qishlog'ida yashovchi G'ayrat Hidoyatov «Arvand» bankining sobiq xodimi hisoblanadi. Tirikchilik ekan, Rossiyaga pul topish uchun qatnaydigan bo'ldi. 19 mart kuni kechasi uyida yosh xotiniga ko'plab tig' jarohatlari yetkazdi. Bu ham kamlik qilgandek, boshini tanasidan judo qildi.

Uning to'rt farzandi bor. Ikki nafari birinchi xotini, qolgan ikki nafari marhuma xotinidan edi. Ikkinchi yosh xotinidan tug'ilgan ikki bolaning biri ikki yosh, ikkinchisi esa to'rt oylik bo'lgandi. Qotillik sabablari hozircha noma'lum. Shunisi ma'lumki, xotinini o'ldirgach, G'ayrat Hidoyatovning o'zi militsiyaga qo'ng'iroq qilib, jinoyatini bo'yniga olgan.

Eslatib o'tamiz, shu yil 11 mart kuni Tojikistonning So'g'd viloyat sudi 23 yoshli Tolib Ashurqulovni 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi. Istaravshan shahrida yashovchi bu yigitning 17 yoshli singlisi Orzigul o'tgan yil 27 noyabr kuni uydan chiqib ketib, bir oydan keyin uyiga kirib kelgan. Singlisi oila sha'nini bulg'aganidan xabar topgan aka singlisini bo'g'ib o'ldirgan. Keyin esa boshini tanasidan judo etgan.

 

 

 

loading...