Angliyalik ayol go'sht yeyishni bas qilgandi, sochlari to'kilib ketdi. Nahotki?..

0

 

Angliya poytaxti London shahrida istiqomat qiluvchi Jessika Dryu ismli musiqachi ayol vegeterianga aylanishni orzu qilardi. Aytishgandiki, vegetarianga aylansa, salomatligi yanada yaxshilanadi, mustahkam bo'ladi. Dryu xonim oldiniga sut mahsulotlari iste'mol qilishdan tiyildi. Keyinchalik hayvon go'shti yeyishni bas qildi.

Avval o'zini yanada yengil his etdi. Ijobiy o'zgarishlarni sezayotgandek bo'ldi. Lekin oradan bir necha hafta o'tgach, sochlari to'kilib ketdi.

— Uyimning hammayog'ini soch bosib ketdi, — deydi ayol. — O'ttiz yoshda bo'lishimga qaramay, xuddi ellik yashar xotinga o'xshab qoldim…

Shunga qaramay, Dryu baribir vegetarianlikdan voz kechmadi. Bir necha oydan keyin esa negadir uyquga tortaveradigan bo'ldi. Ayniqsa, ertalablari ko'zlarini ocholmay qoldi.

Olimlarning aytishicha, ayol go'sht va sut mahsulotlarini yemay qo'ygani uchun ham sochlari to'kilib ketgan. Uyqu kelaverishi ham xuddi shu mahsulotlar bilan bog'liq. Chunki go'sht tarkibida keratin bor. Shu oqsil sochlar va tirnoqlar mustahkamligini ta'minlaydi.

loading...