Prezident Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga keldi

0

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA Bosh vaziri o'rinbosari, Prezident ishlari bo'yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi. Bu haqida O'zbekiston respublikasi Prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.

Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati bo'lib o'tdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo'mondoni o'rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara o'tkazadi.