Anjelina Joli pensiyaga chiqdi!

0

Bugungi kunda mashhur aktrisa va rejissyor Anjelina Jolining nafaqaga chiqib, kino olamini tark etarmish degan gap-so'zlar bolalab ketdi. Buni Jolining o'zi ham ta'kidlamoqda. Ya'ni gazeta nashrlaridan biriga bergan intervyusida Anjelina Bred Pitt bilan ajrashish jarayonidan keyin hayotini noldan boshlamoqchi ekanligini aytgan.

Ayrimlar endi u teatrda faoliyatini davom ettiradi, deyishsa, ayrim mutaxassislar esa Joli o'zini siyosatda sinab ko'rmoqchi, degan fikrdalar. Har holda Anjelinaning kinoga qaytmasligi aniq.

Uning oxirgi ikki filmi – «Mening o'limimni istaydiganlar” trilleri hamda «Malefisenta 2» kinolari bo'ldi.

loading...